Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi TАNLOV E’LON QILАDI!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi ilmiy tadqiqotlarga 150 mln. soʼmdan 250 mln. soʼmgacha grantlar ajratish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov shartlaridan oʼtgan loyihalar natijalariga qarab bir va ikki yilga qadar Jamgʼarma hisobidan moliyalashtiriladi.

Tanlov Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish va amalga oshirish toʼgʼrisidagi NIZOM talablari asosida oʼtkaziladi.

Tanlovga hujjatlar 2022-yil 1-aprelga qadar qabul qilinadi.

Tashkiliy qoʼmita telefon raqami: 71-233-68-95.

Loyiha topshirish uchun talablar va na'munalar:  Yuklab olish