Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasi loyihasi muhokamaga qoʼyildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uzga “Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

Mazkur konseptsiya Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–4794-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Loyihaning toʼliq matni: https://regulation.gov.uz/uz/d/32166  

Loyiha muhokamasida faol ishtirok eting!