O’zR FA Mikrobiologiya institutida IMBIOKON - senaj va silos tayyorlash uchun biokonservant sifatida va oziqa yemining fermentatsiya hamda ozuqaviy qiymatini yaxshilash uchun suyuq sut achituvchi achitqi ishlab chiqildi. Unda lakto bakteriyalarning 10 ta noyob shtammlari mavjud. Biokonservantni ishlatish natijasida shartli patogen mikroorganizmlar va zamburug`lar rivojlanishiga yo'l qo'yilmaydi, silos va senaj fermentatsiyasi yaxshilanadi, ta'mi va ozuqaviy xususiyatlari ortadi. Bularning barchasi yirik qoramollarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu biokonservant Toshkent, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida joylashgan fermer xo’jaliklarida sinovdan o’tkazilgan.