O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiga Sankt-Peterburgdagi "LENAXIM" MChJni tijorat direktori Andrey Palevich tashrif buyurdi. Mazkur kompaniya qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, shuningdek, tibbiyot sohasi uchun kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish va yetkazib berish bozorida faoliyat ko‘rsatmoqda. Rossiya Federatsiyasining madaniy poytaxtidan kelgan mehmon bilan muzokaralarni Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev olib bordi.
Tomonlar noma'dan foydali qazilmalarni konlardan qazib olish, shuningdek, texnogen chiqindilardan yod, brom, litiy va boshqa foydali komponentlarni ajratib olish jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Rossiyalik tadbirkor bentonit, dolomit va kvars qumlari qatlamlari joylashgan Vaush koni bilan yaqindan tanishdi. A.Palevich Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi Mo‘llali ko‘lidagi mineral tuz koni bilan ham qiziqdi. Bu yerda shisha va soda ishlab chiqarishda, shuningdek tibbiyot sohasida keng qo‘llaniladigan Glauber tuzining yetarli zaxiralari mavjud.
Muzokaralar natijasida Navoiy bo‘limi va "LENAXIM" MChJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum tuzildi. Shuningdek, huddi shunday hujjat imzolash uchun Sankt-Peterburgdagi "Amaliy kimyo” Rossiya ilmiy markazi" AJga yuborildi. Mazkur aksiadorlik jamiyat bilan "LENAXIM" MChJ ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.
Ta'kidlash joizki, mazkur tashkilotlarning har ikkisi ham viloyatdagi kimyo korxonalari bilan ishlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. Shu bois uchrashuv ishtirokchilari Navoiy bo‘limi olimlari va rossiyalik tadbirkorlarning hamkorligi tomonlar uchun o‘zaro manfaatli va foydali bo‘lishini ta'kidladilar.
Muzokaralar chog‘ida A.Mirzayev va A.Palevich yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasini yaratish istiqbollarini ham muhokama qildilar. Bu bosqichda qo‘shma korxona tuzish niyati borligi haqida bayonnoma tayyorlandi va ko‘rib chiqilmoqda.