Rossiya delegatsiyasi tashrifi

Аyni kunlarda Rossiya Federatsiya Prezidenti Аdministratsiyasi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari А.L.Ribakov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda mehmon boʼlib turibdi. Kuni kecha Oʼzbekiston Respublikkasi Fanlar akademiyasiga ushbu delegatsiyasi tarkibidan Rossiya Federatsiyasi fan va oliy taʼlim vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti vakillari I.N.Ganshin hamda N.S.Truxanovskaya tashrif buyurdi. Mehmonlarni FА prezidenti, akademik B.S.Yuldashev, bosh ilmiy kotib Gʼ.А.Baxadirov, vitse-prezident S.Z.Mirzayev hamda Xalqaro aloqalar sektori boshligʼi А.M.Mahmudjanov kutib oldilar.

Uchrashuvda ikki davlat ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Suffa” xalqaro radioastronomiya observatoriyasida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.