Xalqaro ilmiy konferensiyaga taklif qilamiz!
2025-yil 28-aprel kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan taniqli olim, immunolog, akademik Xaitov Rahim Musayevich xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya mavzusi:
“Revmatologiya va immunologiyaning dolzarb masalalari. Real klinik amaliyotdagi zamonaviy yutuqlar”
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 70-uy.
Ilmiy jamoatchilik vakillari, shifokorlar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchi barcha mutaxassislarni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz.