Аpikapsalvin – boʼgʼim va mushaklarning revmatik kasalliklarini (artralgiya, mialgiya, nevrit va ishias) davolashda qoʼllaniladigan mahalliy noyob dori vositadir.
Hozirda preparatning klinik tadqiqotlari yakunlangan va mazkur preparatning substansiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutining tajriba bazasida ishlab chiqarilmoqda. Аsalari zahari, kapsaitsinoidlar va uzum danagi yogʼi asosida jamlangan surtma dori vositasi mahalliy qoʼzgʼatuvchilik taʼsiri evaziga pereferik asab tugunlarini stimullaydi.
Аpikapsalvin biriktiruvchi toʼqima va mushaklarning elastikligini oshiradi, mushklarning tonusini pasaytiradi, yaxshi soʼriladi, shamollashga qarshi va ogʼriq qoldirish xususiyatiga ega, kumulyativ xususiyatga ega emas va qoʼllaniladigan dozalarda toksik emas.