«RAHMATULIN O‘QISHLARI» XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

Anjuman Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan tashkil qilingan.

 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «RAHMATULIN O‘QISHLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiya vazirligi ko‘magida tashkil qilindi. Anjumanni tashkil etishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, N.E.Jukovskiy nomidagi Markaziy aerodinamika institutlari ishtirok etdilar.

 

  

Anjuman mexanika sohasida tadqiqotlar olib borayotgan chet ellik va o‘zbek olimlarining uzluksiz davom etadigan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, olimlar o‘rtasida amaliy natija beradigan samarali hamkorlik va ilmiy g‘oyalar almashinuvini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalarni tahlil qilish maqsadida tashkil qilindi.

 

 

            Anjumanni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Y.S.Ergashev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Umumiy majlisda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy kotib professor G.A.Bahadirov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori professor K.Sultanov so‘zga chiqdib, ilm-fanni rivojlanishida mexanika fanining roli haqida gapirib o‘tdilar.

Anjumanda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, P.P.Shirshov nomidagi RFA Okeanogogiya instituti ilmiy raxbari, M.V.Lomonosov nomidagi MDU “Gaz va to‘lqinlar dinamikasi” kafedrasi mudiri R.I.Nigmatulin, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi S.L.Chernishevlar uz ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

Anjuman mexanika sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan:

-murakkab strukturali muxitlarda to‘lqin tarqalishi.

-Suyuqlik va gaz mexanikasiga doir amaliy masalalar.

-Hisoblash mexanikasi va matematik modellashtirish.

-Kompozitlar va bir jinsli bo‘lmagan muhitlar mexanikasi.

-Robototexnika. Dinamik sistemalarni boshqarish va stabillash.

 

Anjumanda respublikamiz va Rossiya Federatsiyasi, Amerika qo‘shma shtatlari, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasining yetakchi olimlari  mexanikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fanda erishilgan yutuqlarni aks ettirgan ma‘ruzalari bilan ishtirok etdilar.