Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida quyidagilarni maʼlum qiladi:
Rejalashtirilgan ilmiy seminar va konferensiyalar, shu jumladan Prezidium Hayʼati va Direktorlar kengashi yigʼilishlari vaqtincha muddatga toʼxtatiladi;
Prezidium binosiga kirish oldindan kelishilgan tartibda amalga oshiriladi;
Taqdim etiladigan xat-hujjatlar elektron tarzda koʼrib chiqiladi va ularning natijalari elektron manzil orqali maʼlum qilinadi.
OʼzR FА Аxborot xizmati.