Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarkalishiga qarshi qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. OʼzR Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparati, mintaqaviy boʼlimlari va tizimdagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarida COVID-2019 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, xodimlarning salomatligini taʼminlash maqsadida maxsus komissiya guruhidan iborat Shtab tashkil etiladi;
2. 2020-yil 24-martidan boshlab ishchi xodimlarni ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distantsion tarzda) tashkil etish choralari koʼriladi;
3. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari mavjud muassasalar tomonidan tasarrufidagi doktorantlar va stajer-tadqiqotchilarga 2020-yilning 24-martidan 30 kalendar kunidan iborat taʼtil beriladi.
4. Xodimlar ish joylari va obyektlarda shaxsiy himoya vositalari (maska)da boʼlishlari ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatiladi, shuningdek, karantin choralarini buzgan xodim va ishchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qoʼllanilanadi.