Nukus shahri, Jasliq shaharchasi, Qoraqalpogʼiston va Moʼynoq qishloqlari maktab oʼquvchilari tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar kuni birinchi yil oʼtkazayotgani yoʼq. Ushbu tadbir Qoraqalpogʼiston tabiatining noyobligi, mavjud ekologik qonuniyatlar toʼgʼrisida bilimlarni oshirishga, qoʼriqlanadigan tabiiy hududlarning ishini qoʼllab-quvvatlash, shu jumladan, “Saygachiy” birlashtirilgan landshaft qoʼriqxonasida saygʼoqni saqlash va populyatsiyasini tiklashni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan. 2020-yilda muhofaza qilinadigan tabiiy hudud kuni saygʼoq yashash joylaridagi qishloqlarning mahalliy aholisi, xuddi shu qoʼriqxonaning xodimlari, OʼzR FА Zoologiya instituti va Saygʼoqni saqlash boʼyicha Аlyansning xodimlari ishtirok etishdi. Choʼl ekologik klublari aʼzolari tomonidan “Nima? Qaerda? Qachon?” sport-ekologik estafeta, Viktorina tashkil etildi va qoʼriqxonaning yovvoyi hayotiga bagʼishlangan, Ustyurt platosining moʼrt ekotizimlarini saqlash zarurati yoʼnalishida "Qoʼriqxonalar" oʼyinini oʼynashdi. “Saygachi” qoʼriqxonasi xodimlari brakonerlikni nazorat qilish boʼyicha oʼz ishlari toʼgʼrisida gapirib, aholini birinchi navbatda saygʼoq brakonerlariga qarshi turishga va qonun buzilishiga yoʼl qoʼymaslikka undadilar. Olimlar ilmiy faoliyatlari, Oʼzbekiston qoʼriqxonalarida noyob hayvonlar turlarini kuzatish usullari toʼgʼrisida soʼzlab, "Saygachiy" qoʼriqxonasiga bagʼishlangan videofilmni koʼrsatdilar va muhokama qildilar.
Ushbu tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va OʼzR Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʼmitasi tashabbusi bilan saygʼoqni (Saiga tatarica tatarica) saqlash, populyatsiyasini tiklash va barqaror foydalanish masalalari boʼyicha “Koʼchib yuruvchi turlar toʼgʼrisida”gi Konventsiyaning oʼrta muddatli xalqaro dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.