Qon plazmasidagi bilirubinni reagentsiz baholash uchun fotoelektrik kalorimetr

2020-yilda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnnika institutida “Qon plazmasidagi bilirubinni reagentsiz baholash uchun fotoelektrik kalorimetr” qurilmasi ishlab chiqildi.

Mobil qurilma ekspress metod asosida qon plazmasidagi bilirubinning umumiy miqdorini aniqlash imkonini beradi. Hozirda qurilma Toshkent shahar 4-son klinik kasalxonasida va koʼp tarmoqli “Happy life” klinikasida laboratoriya sinovlaridan o`tmoqda. Qurilma uchun baholash jarayonini avtomatlashtirish va aniqlangan natijalarni xotirada saqlash maqsadida kompyuter programma mahsulotlari ishlab chiqilgan hamda registratsiya qilingan. Yaratilgan qurilmani moliyalashtirish maqsadida ishlanma "INNOWEEK-2020" online formatidagi innovatsion gʼoyalar haftaligida namoyish etildi.