2018 yilning 9-10-oktabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo`limi – Xorazm Maʼmun akademiyasida “Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirishning innovatsion usullari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda O`zFA vitse-prezidenti B.T.Ibragimov, respublikamizdagi etakchi olimlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.
Ikki kun davom etgan konferensiyada madaniy oʻsimliklar agrobiologiyasining yutuqlari, muammolari va istiqbollari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish usullari, qishloq xoʻjaligida ekinlarning hosildorligini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qoʻllash hamdaqishloq hoʻjaligi, biologiya, tuproqshunoslik va ekologiya sohalarida fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish muammolari va yutuqlari kabi qator masalalarboʻyicha maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.