Joriy yil 5-fevral kuni Xalqaro Press-klubning Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan navbatdagi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda OʼzR FА vitse-prezidenti B.T.Ibragimov, akademiklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar, Qishloq xoʼjaligi, Suv xoʼjaligi, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Toshkent davlat Аgrar universiteti rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Xalqaro Press-klubning ushbu sessiyasida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan 4 ta asosiy yoʼnalishni rivojlantirish istiqbollari, qishloq va suv xoʼjaligi sohasidagi yutuqlar, muammolar, istiqbolli rejalar, har bir sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va bu orqali mamlakatimiz iqtisodini koʼtarish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish kabi masalalar muhokama qilindi.