2024-yilning 20-noyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Qoraqirg‘iz muxtor viloyatining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Global muammolar kontekstida Markaziy Osiyo universitetlarining transformatsiyasi» mavzusida rektorlarning xalqaro forumi bo'lib o‘tdi. Unda Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi b.f.d., prof. I. I. Abdullayev ham ishtirok etib, ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha fikr almashdi, Ma'mun akademiyasining tarixi va buguni, olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan ma’ruza qildi. Xalqaro forum davomida qator davlatlar oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Qirg‘iziston Respublikasining Qirg‘iziston Milliy agrar universiteti, O‘sh texnologiyalar universiteteti, Tojikiston Respublikasining Tojikiston davlat universiteti bilan ilmiy hamkorlik memorandumlari imzolandi.