Oʼzbekiston Republikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti hamda Qozogʼiston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi Polimer materiallari instituti hamkorlikda "Polimerlar fanining zamonaviy muammolari" Oʼzbekiston- Qozogʼiston onlayn Simpoziumi oʼtkazildi.
Ushbu ilmiy simpoziumda polimerlar sohasidagi akademiklar, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Simpozium ishida O'zbekistonda polimer sanoatining rivojlanishi, polimerlar sintezi va xususiyatlari, kompozit polimer materialshunoslik sohasida ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, metall polimerlarning hozirgi holati va istiqbollari, ushbu sohada yangi innovatsion yondashuvlarni qo’llash kabi masalalar muhokama qilindi va o’zaro fikr almashildi.
Simpozium ilm-fan, taʼlim yoʼnalishida va tadkikot natijalarini tijoratlashtirish sohasida ikki qardosh davlat olimlarining yanada yaqin hamda oʼzaro manfaatli va samarali hamkorligini taʼminlash boʼyicha tizimli yondashuvlarni shakllantirishga imkon beradi.