Pavlovniya ko‘chatlari olib kelindi

2021-yilning dekabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining Nurota tumani lalmi yerlarida pavlovniya plantatsiyasini yaratish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoyig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston, Bolgariya, Xitoy va Rossiya ishtirokchilari ikkita plantatsiya yaratishga kelishib oldilar. Ulardan birida Yevropa texnologiyasi, ikkinchisida - Xitoy texnologiyasi bo‘yicha daraxtlar yetishtiriladi.

O‘tgan kunlarda Bolgariyadan 2 ming dona pavlovniya daraxti qalamchalari va 1 ming dona ko‘chatlari FA Navoiy bo’limiga olib kelindi. Ular Bolgariyaning “Paulownia BG” MChJ tomonidan bepul yuborildi, shu jumladan, transport xarajatlari ham qoplandi.

 

11-martdan 13-martgacha “Paulownia BG” MChJ bosh menejeri Djan Duralov yerni joyida ko‘zdan kechirish va o‘zi ishlab chiqqan qalamchalar va ko‘chat ekish texnologiyasini shaxsan ko‘rsatish maqsadida Navoiyga keldi. Bir gektar maydonda pavlovniya plantatsiyasi yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, yana 15 sotix yer ko‘chatxona uchun ajratiladi.

Shu kunlarda yomg‘ir yog‘ib, dala ishlarini o‘tkazish imkoni bo‘lmadi. Biroq Dj.Duralov kichik maydonga bir nechta qalamchalar ekib, qanday shartlarga rioya qilish kerakligini aytib o’tdi. Ko‘chatlarni ekish bahorgi bayramlardan so‘ng rejalashtirildi.

Kelajakda Nurota poligonida tajriba tariqasida maydonining bir qismida yoqilg‘i briketlari olish maqsadida pavlovniya daraxtlari ekiladi, ikkinchisida – barglaridan chorvachilikka yem-xashak olinadi, uchinchisi - ko‘chatzor uchun ajratiladi, asosiy maydoni esa - yog‘och olinadi. Ijobiy natijalar tajribani O‘zbekiston bo‘ylab tarqatish imkonini beradi.