Patent bazalari bilan ishlash boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

2018-yil 12-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” IICHB Fizika-texnika institutida tashkil etilgan “Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash markazi” hamda “Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi (“IP-center”) bilan oʻzaro hamkorlikda oʻquv seminari oʻtkazildi.

  

Ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari kompleksi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Butun jahon intellektual mulk tashkiloti va boshqa хalqaro tashkilotlarning patent bazalari bilan ishlash boʻyicha amaliy va nazariy bilimlar berildi.