O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida ko‘tarilgan chang-to‘zon oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Fanlar akademiyasi Ishchi guruhi tuzildi

Joriy yilning 27-28-may kunlari O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga kirib kelgan sovuq havo oqimi qator noqulayliklarni keltirib chiqardi. Kuchli shamol ta’sirida paydo bo‘lgan qurg‘oq tuproqning ko‘tarilishi kuzatildi. Eng noqulay ob-havo sharoiti Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida aniqlandi. Ushbu hududlarda 2018-yil 25-apreldan buyon kuzatilgan yog‘ingarchiliksiz kunlar ketidan kuchli shamol shimoldan kum va chang, ayrim joylarga tuzli changlarni olib keldi. Chang-to‘zon oqibatlarini o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademisi tomonidan maxsus Ishchi guruh tuzildi.

  

Hozirda ushbu Ishchi guruh Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiiy ofat oqibatlarini o‘rganishmoqda, shuningdek, FA ularni bartaraf etishda ilmiy-tadqiqot muassasalarida yaratilgan turli xildagi preparatlar va ishlanmalardan foydalanishmoqda.