"O‘zbekistonning ilm-fani va madaniyati olimlar asarlarida" mualliflik turkumlari O‘zR FA akademigi E.V. Rtveladze va L.L. Rtveladze hammuallifligidagi "O‘zbekistonning musulmon qadamjolari" nomli monografiya to’ldirilib va qayta ishlanib ikkinchi marta nashr etildi.
Illyustratsiyalar bilan boyitilgan kitobda O‘zbekiston hududidagi islomning ilk qadamlaridan boshlab (Somoniylar maqbarasi, Buxoro, IX asr) to XX asrning boshlarigacha (Zangi ota majmuasi, Toshkent) bo‘lgan eng ko'zga ko'ringan va qiziqarli yodgorliklarining paydo bo'lish tarixi bayon qilingan.
Nashr "O‘zbekistonning madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" lohiyasi va O‘zR FA San’atshunoslik instituti ilmiy loyihasi doirasida amalga oshirilgan.
Havola uchun: L.L. Rtveladze, E.V. Rtveladze. Мусульманские святъни Узбекистана. - Т.: 2020. - 144 с. (илл.)