O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi va uning xavfsizligi masalalari

Joriy yil 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida bo‘lib o‘tgan davra suhbati shunday nomlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev Institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchi va kursantlariga mamlakatimizda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar, atom elektr stansiyasining qurilishi, uning afzalliklari haqidagi ma’ruzasini taqdim etdi. Bundan tashqari, tadbirda O‘zR FA akademiklari, Yadro fizikasi instituti yetakchi mutaxassislari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Yadro fizikasi” kafedrasi vakillari ham qatnashdi.

 

O‘zR FA prezidenti Behzod Yuldashev mamlakatimizda qurilayotgan atom elektr stansiyasida xavfsizlikni ta’minlash, bu borada Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlik, ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar yetishtirishda ta’lim tizimining takomillashuvi, energetika tizimining rivojlanishi kabi masalalarda atroflicha so‘z yuritdi.

Ushbu davra suhbati Institut professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi va uning xavfsizligi masalalari borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishga munosib xizmat qilishiga ishonamiz.