“Oʼzbekiston xitinshunoslari jamiyati” tuzildi

OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tashabbusi bilan “Oʼzbekiston xitinshunoslari jamiyati” tuzildi va davlat roʼyxatiga olindi.

Mazkur jamiyatning asosiy maqsadi tadqiqotlar ilmiy-texnikaviy darajasini, samaradorligini oshirish hamda xitin, xitozan va ularning hosilalari sohasidagi ishlanmalarni mamlakat iqtisodiyotining turdosh tarmoqlarida amaliy joriy etish maqsadida, ilmiy, davlat va tijorat tashkilotlarining mazkur tadqiqotlar rivojlanishi borasidagi qiziqishlarini ragʼbatlantirish orqali mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining kuchlarini birlashtirilishi, fundamental va amaliy ishlanmalarning muvofiqlashtirilishi, Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor tadqiqot yoʼnalishlarini belgilash, xitin, xitozan va ularning hosilalarini tadqiq etish borasidagi muammolar boʼyicha maʼlumot toʼplash, umumlashtirish va yoʼnaltirishdan iborat.