Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan OʼzR FА huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi markazda prof. M.А. Raximov va dotsent O.B. Аbdimoʼminovlar hammuallifligida “Oʼzbekiston va BMT: munosabatlar tarixi va barqaror rivojlanish omillari” nomli monografiya nashr etildi.
Kitobda Oʼzbekiston Respublikasining BMT tashkiloti bilan munosabatlarining tarixi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror taraqqiyot, Oʼzbekiston milliy madaniyati va tarixiy merosni asrab-avaylash hamda xalqaro targʼib qilish masalalari yuzasidan oʼzaro hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlari keng manbalar asosida tahlil qilingan.