O’zbekiston suv havzalarida kamyob qush turlarining monitoringi olib borildi

OʼzR FА Zoologiya instituti tayanch-doktoranti Javlon Yorqulov tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarining Oyoqog'itma, Qora-qir, Zikri, Xadicha ko’llari, Sho’rko’l, Quyimozor va To’dako’l suv omborlarida hamda “Jayron” pitomnigi hududida Zarafshon vodiysining kamyob qushlari monitoringi olib borildi.

Tadqiqot davomida Zarafshon qirg'ovuli, yo’rga tuvaloq, jo’rchi, kichik qorabuzov, qoravoy (karavayka), qizilg’oz (flamingo), kichik oq qarqara, vishildoq oqqush, qiyqirdoq oqqush, qoshiqburun, ukki, marmar churrak, choʼl jiqtogʼi, bigiztumshuq, boltayutar kabi noyob qush turlarining tarqalishi,ularning soni, oziqlanishi va ko’payishi bo’yicha yangi maʼlumotlar olindi.

                               Zarafshon qirg’ovuli jo’jasi                                         Haqqush polaponlari va tuxumi      

                                    Qoshiqburun, jiyron qarqara, karavayka va kichik oq qarqaralar koloniyasi      

Bundan tashqari, Buxoro viloyati hududida ko’kqarg’a, yashil kurkunak, havorang ko’ktarg’óq, boyo’g’li, haqqush, jiyron qarqara, kulrang qarqara, qizil o’rdak, zag’çha va boshqa koʼplab qushlar ko’payishi va tarqalishiga oid maʼlumotlar toʼplandi.       

                             Qoshiqburun tuxumi va polaponlari        

                            Haqqush polaponlari          

       Kulrang qarqara polaponlari