Gʼayratdin Xojaniyazov 1948-yili Qoraoʼzak tumanida tugʼilgan. 1972-yili Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʼiston filialining N.Davqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutining arxeologiya boʼlimiga ishga kirgan. Keyinchalik Moskva davlat universitetida, Moskvadagi Fanlar akademiyasining Аrxeologiya institutida tajribasini orttirgan.
1994-yildan boshlab OʼzR FА Qoraqalpogʼiston boʼlimi tassarufida yangi ochilgan Tarix, arxeologiya va etnografiya institutining arxeologiya boʼlimiga dastlab ilmiy xodim, soʼngra boʼlim boshligʼi lavozimlarida ishlagan. Hozirda OʼzR FА Qoraqalpogʼiston boʼlimi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining arxeologiya boʼlimining mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Аrxeolog Qoraqalpogʼistondagi koʼplab tarixiy hududlardagi arxeologik yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan va ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan.
Gʼ.Xojaniyazovning ilmiy mehnat faoliyati davlatimiz tomonidan muvofiq baholangan, 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan boʼlsa, 2008-yili “Oʼzbekiston Qahramoni” buyuk unvoniga sazovor boʼlgan, 2014-yilda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengashiga deputat, 2015-yilda esa Oʼzbekiston Respublikasining Senat aʼzosi etib saylangan.
Oʼzbekiston Qahramoni, taniqli arxeolog Gʼayratdin Xojaniyazov vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda koʼp sonli shogirdlari nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz!