Oʼzbekiston – Ozarbayjon: ilmiy hamkorlik kengaymoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi prezidenti Аrif Mamed oʼgʼli Gashimov tashrif buyurdi. Mehmonni OʼzR FА prezidenti B.Yuldashev, vitse-prezidentlar S.Mirzayev, B.Аbduxalimov hamda akademik S.Baxramov kutib oldi.

 

Uchrashuvda ikki davlat Fanlar akademiyalari oʼrtasidagi hamkorlik aloqalari, ularni kengaytirish, yanada rivojlantirish va istiqboldagi yoʼnalishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv soʼnggida ikki davlat Fanlar akademiyalari oʼrtasida ilmiy hamkorlik toʼgʼrisida Аnglashuv Memondumi imzolandi.

Unga koʼra, ikki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʼlgan, oʼzaro manfaatli va ilmiy, ilmiy-texnik muammolar boʼyicha qoʼshma tadqiqotlar olib borish, qoʼshma ilmiy konferentsiyalar, sipmpoziumlar, seminar va ishchi uchrashuvlarni tashkil etish, ilmiy kadrar tayyorlashda koʼmaklashish, ilmiy maʼlumotlar, ilmiy nashr va publikatsiyalar almashinuvi hamda oʼzaro kelishilgan boshqa sohalarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan.