O‘zbekiston-Koreya qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi

O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar institutiga Koreya Respublikasi Xanseo Universiteti professori Koang Chul Wi va Mokpo milliy universiteti professori Lee Heonjong tashrif buyurdi. Mehmonlar O‘zbekiston-Koreya qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Quldortepa yodgorligida olib borilayotgan qazishma ishlari bilan tanishdi. Shu bilan bir qatorda mehmonlarga “O‘zbekiston Respublikasida arxeologik izlanishlar va madaniy merosni saqlash orqali turizm salohiyatni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 

 

Ma’lumot uchun. Quldortepa yodgorligi Samarqanddan 35 km janubi-sharqda, Urgut tumaniga qarashli Baxrin qishlog‘ida joylashgan. Yodgorlik ilk bor G.V. Grigorev  tomonidan o‘rganilgan bo‘lib,  atrofi 6 m balandlikda saqlanib qolgan mudofaa devori bilan o‘ralgan. Umumiy uzunligi 1700 m bo‘lgan mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan yodgorlik maydoni 20 ga ni tashkil etadi.  Quldortepa yer osti suvlaridan (buloq) hosil bo‘lgan kichik ko‘l yoqasida eramiz boshlarida vujudga kelgan.