O’zbekiston-Koreya: ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

O’zR FA Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog'iga Janubiy Koreyaning qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya O'rmonchilik instituti olimlari hamda KOICA Koreya Xalqaro hamkorlik agentigi vakillari tashrif buyurdi.

 

Mehmonlar dastlab Botanika bog'ining yaratilishi, bog'dagi o'simliklar bilan tanishib chiqdilar. O'zaro fikr mulohazalari va tajribalari bilan o'roqlashishdi. Suhbat davomida respublikamiz sharoitiga mos keluvchi yangi turdagi manzarali va noyob daraxt-bula turlarining introduksiya qilish, yangi avtomatik boshqariladigan niholxonalar tashkil  etish va hamkorlikda yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi. Mazkur loyiha 2023-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.