Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti San'at tarixi bo’lim boshlig‘I, san’atshunolsik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Jangar Ilyosovning “Soʻgʻdiyonadagi koʻchmanchilar. Orlat topilmalarining tarixiy va madaniy konteksti” (Кочевники в Согдиане. Историко-культурный контекст Орлатских находок) nomli monografiyasi “Yevrosiyo” nashriyoti tomonidan chop etildi.
Monografiya I-II asrlarga oid Orlat kamar plastinkalari to‘plamining tarixiy va madaniy talqiniga bag‘ishlangan. Mazkur topilma 1981-yilda Samarqand viloyatida – qadimiy So‘g‘diyona hududida topilgan. Topilma suyak o‘ymakorligi tasvirlarning nodir detallari va ajoyib badiiy ifodaliligi tufayli keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Orlat plastinkalari nashr etilgandan so‘ng, Markaziy Osiyo arxeologiyasi va san’ati mutaxassislari o‘rtasida Yevrosiyoning ilk ko‘chmanchilari haqida qiziqish yanada ortdi.
Muallif mazkur monografiyada topilmalar qayerda va kim tomonidan nima maqsadda yaratilgani, ularning etnik kelib chiqishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etgan.