O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Joriy yil 29-iyul kuni Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Aleksandr Sergeev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda ikki davlat ilmiy aloqalarini mustahkamlash, istiqbolli ilmiy yo’nalishlar, yosh tadqiqotchilarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv so‘ngida Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti akademik Behzod Yo‘ldoshevga Rossiya Fanlar akademiyasining xorijlik a’zosi diplomi va ko‘krak nishonini topshirdi.