O‘zbekiston – Boshqirdiston ilmiy aloqalari kengayadi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Boshqirdiston Fanlar akademiyasi prezidenti Kamil Ramazanov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zR FA prezidenti Shavkat Ayupov kutib oldi.
Uchrashuvda FA vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev hamda FA ilmiy tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda ikki akademiya o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy almashinuv dasturlari va istiqboldagi loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi, jumladan:

Tashrif O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning mustahkamlanishiga, yangi qo‘shma tashabbuslarning shakllanishiga va kelgusida strategik ilmiy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi. Uchrashuv natijalari ikki tomonlama ilm-fanni rivojlantirish hamda mintaqaviy innovatsion hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.