O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-19-fevral kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov doirasida ishtirokchilarning ishlanmalari, maket va innovatsion mahsulotlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil qilindi.

Tanlovnining yakuniy bosqichida 300 dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi.

Tanlovda Genomika va bioinformatika markazidan Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi va Babadjanova Feruza Ikramovna “Eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etdi va tanlov Hay’ati tomonidan ularning ishlanmalari hamda taqdimotlari yuqori baholandi.

  

Tanlovning taqdirlash marosimi joriy yilning 26-fevral kuni Toshkentdagi INXA universitetida bo’lib o‘tadi.

Tanlov g’oliblarini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz va kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz.