Xorazm Maʼmun akademiyasiga Qirgʼiziston Respublikasining Oʼsh viloyatidagi “Sulaymon togʼ” tarixiy - arxeologik muzey majmuasi rahbari Аbdurahmanov Sultonbek boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab Xorazm Maʼmun akademiyasi muzeyi faoliyati bilan tanishdilar. Soʼngra Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʼlimi olimlari bilan uchrashuv oʼtkazildi va oʼzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur yoʼnalishdagi hamkorlik oʼzbek va qirgʼiz xalqlari bilan azaldan mavjud boʼlgan doʼstona munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga, Xorazm Maʼmun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʼlimi va qardosh qirgʼizistonlik arxeolog, etnograf va muzeyshunos olimlarining yangi ilmiy-madaniy loyihalarini samarali amalga oshirishiga, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishga zamin hozirlaydi.