O`zR FA Navoiy bo‘limi raisi Turkiya Respublikasi foydali qazilmalarni izlash va tadqiq qilish Bosh boshqarmasi rahbariyati MTA vakillari bilan uchrashdi.
Turkiyalik mehmonlar foydali qazilmalarni qidirish va tadqiq qilish Bosh boshqarmasining asosiy faoliyati nafaqat, ilmiy-tadqiqot balki foydali qazilmalarni va mineral boyliklarni qidirish, ularning zahiralari haqidagi ma'lumotlarni yig‘ish va geologik, geofizik, geotexnik, texnologik va ekologik tahlili hamda tadqiq ishlari bilan shug‘ullanishi haqida aytib o‘tishdi. Shu bilan bir qatorda, ular o‘zbek hamkasblari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanlarini ta'kidlashdi.
Bundan tashqari, ular Navoiy bo‘limi raisining ma'dan va noma'dan foydali qazilma konlarining bashoratlangan zahiralari haqidagi ma'lumotlarni to‘plash, geologiya-qidiruv ishlarini tezkor va ishonchli o‘tkazish va shu maqsadida tegishli lisenziya olish hamda yangi istiqbolli ma'dan namoyondalarini qidirish vazifalarini bajaradigan O‘zbek-turk qo‘shma korxonasini tashkil qilish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi.
Ushbu qo‘shma korxona ikki mamlakat olimlari va ishbilarmonlarini birlashtirishning istiqbolli mexanizmini hayotga tadbiq etish maqsadida shakllantiriladigan Turkiyadan keladigan investisiya oqimlarini muvofiqlashtiruvchi O‘zbek-turk informasion-analitik markazning asosiy o‘zagi bo‘ladi. Bu holatda O‘zbekiston tomonidan Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi o‘z ilmiy salohiyati bilan ishtirok etib, texnikaviy va iqtisodiy jihatdan asoslangan loyihalarni tanlab oladi va Turkiyadagilarga taklif qiladi, Turkiya tomonidan esa “MTA” bu materiallar bo‘yicha o‘z tillarida patensial investorlarga taqdimot qilib beradi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan turkiyalik ishbilarmonlar uchun ularning qiziqishi va mavjud kapitaliga mos keladigan loyihalar tanlab beriladi.
Muzokaralar yakunida qo‘shma korxona tashkil qilish bo‘yicha kelishib olishdi.