O’zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi





O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti,  yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va eʼtirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik  Behzod Sadikovich Yuldashev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.
 
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz. Sizni unutmaymiz Behzod Sadikovich!