Oripov Ubay Oripovich

 

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1962 – 1966-yy.)

О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956-y.), fizika-matematika fanlari doktori

Fizika sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi.

1909-yil 9-iyunda Qо‘qon shahrida tavallud topgan,

1976-yil 24-dekabrda vafot etgan va Toshkent shahrida dafn etilgan.

О‘ZSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1957-y.)

Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1967-y.)

О‘zbekiston davlat pedagogika akademiyasini tugatgan (1932-y., hozir SamDU)

Qо‘qon paxtachilik instituti va О‘ODUda ishlagan, Ikkinchi jahon urushida (1941-1944-yy.) qatnashgan, keyinchalik О‘zR FA Fizika-texnika instituti, Yadro fizika instituti (asoschisi) va Elektronika instituti (asoschisi) direktori, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari bо‘limi Raisi va О‘zR FA Prezidenti va О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan.

“Geliotexnika” xalqaro ilmiy jurnali asoschisi va bosh muharriri.

400 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 15 ta monografiya va 20 dan ziyod ixtirolar muallifi.

2 ta fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodini tayyorlagan.

2002-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan sо‘ng)