Davlatimiz Rahbarining “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, oʼquv-tarbiya jarayoniga milliy va ilgʼor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʼshgan munosib hissasi, oʼquvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʼrgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi Oʼzbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʼlidagi katta xizmatlari, sogʼlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandilar. Ular orasida Fanlar akademiyasi vakillari ham bor:
“Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan murabbiy” faxriy unvoni bilan
Formanov Shakir Kasimovich - Oʼzbekiston Milliy universiteti professori, akademik;
“Doʼstlik” ordeni bilan
Аxmedov Аshraf - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti boʼlim boshligʼi.
Taqdirlanganlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan qutlaymiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida muvafaqqiyatlar, ilm-fan ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasida kuch-quvvat tilaymiz.