Ochiq davra suhbati oʼtkazildi

Fanlar akademiyasi tomonidan karantin qoidalariga amal qilgan holda, ochiq maydonda davra suhbati oʼtkazildi. Unda FА ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar, doktorantlar va OАV vakillari ishtirok etishdi.

 

Davra suhbati davomida FA faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib kelayotgan OAV vakillari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari taqdirlanishdi.