Xorazm Ma’mun akademiyasida Shayx Najmiddin Kubro tavalludining 880 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyati saylovchilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Najmiddin Kubro tavalludining 880 yilligi keng nishonlanishi haqida ilgari surgan konseptual gʻoyalarini hayotga keng tatbiq etilishi va bu anjumanning aynan Najmiddin Kubro tugʻilib oʻsgan diyor Xiva shahrida oʻtkazilishi muhim bir tarixiy sana va tarixiy voqea boʻldi.
Shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi “2025-yilda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at, diniy-ma’rifat sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash hamda ularning faoliyatini keng nishonlash hamda ularning faoliyatini keng targʻib etish boʻyicha” 72-F-son farmoyishi asosida tayyorlangan 68-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30-iyun kuni Xorzm Ma’mun akademiyasida Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida diniy-ma’rifiy soha vakillari ishtirokida tasavvuf shayxi, kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro ijodiy faoliyatiga oid respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Anjumanda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi, Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmita, respublikamizning turli hududlaridagi madrasa va oliygohlardan, ilmiy tadqiqot institutlaridan, Xorazm Ma’mun akademiyasidan olimlar, tadqiqotchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok qildilar.
Anjuman davomida Najmiddin Kubro haqida yangi ilmiy ma’lumotlar, manbalar tadqiqi asosidagi eng soʻnggi tahlillar mavjud boʻlgan ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar bahs-munozaraga boy boʻlgan anjumanda oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.