Joriy yilning 19-oktyabr kuni FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil topganligining 25 yilligiga bag‘ishlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligi ma’naviyat va ma’rifat markazi xamkorligida “Muzey – tariximiz ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.B.O’ljabayeva va O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi raisi Muhammad Alining tabrik so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi katta ilmiy xodimi, t.f.d., Omonulla Bo‘riyevning “Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy faoliyati”, “Ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash” bo‘limi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, t.f.d., prof. Abdumajid Madraimovning “Amir Temur va Temuriylar davr bunyodkorligi, madaniy taraqiyotini o‘rganish va namoyish etish massallari” va muzey katta ilmiy xodimi, t.f.n, dots. Ozoda Rahmatullayevaning “Matonatli Temurshunos olimlar” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
O‘zR Mudofa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi.