Muzey – tarix ko‘zgusi

“18 may – Xalqaro muzeylar kuni”ni nishonlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Muzey – tarix ko‘zgusi”nomli tadbir hamda “O‘zbek xalqining o‘lmas an’analari” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

   

Tadbir Respublika “Hunarmandlar” uyushmasi, Ozarbayjon milliy madaniyat markazi, “AGIDЕL” nomli notijorat jamoat-madaniy klubi, Yunusobod tuman hokimiyati, K.Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Respublika dizayn kolleji, Respublika rassomlik kolleji, “Sharq ziyokori” MCHJ, Sergeli tumani 8-maktab o‘quvchilari, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

   

   

Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan ko‘rgazma-yarmarkalar, badiiy chiqishlar, kitoblar savdosi, yangi nashrdan chiqqan kitoblar taqdimoti, liboslar namoyishi, kulolchilik va kashtachilik yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.