O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimi f.f.d., professor D.Lutfullayevaning "Mustaqllik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti" nomli ilmiy monografiyasi nashr etildi.
Ushbu monografiyada mustaqillik davri o'zbek tili rasmiy-idoraviy ish uslubidagi ayrim leksik, morfologik va sintaktik o'zgarishlar tahlil qilinib, uning mazkur davrdagi taraqqiyoti ko'rsatib berilgan. Shuningdek, idoraviy ish hujjatlarida pragmatik maqsad, kommunikativ natijaviylik, subyektiv baho munosabatining namoyon bo'lishi, ish hujjatlari orqali nutqiy ta'sir ko'rsatish masalasi yoritilgan.
Monografiya tilshunoslar, oliy o'quv yurtlari filologiya fakulteti talabalari va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.