Alisher Navoiy qalamiga mansub maktublar to‘plami "Munshaot"ning eng to‘liq va izohli nashri amalga oshdi (Toshkent: ZabarjadMedia, 2025). Kitobni FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, zahmatkash olim Yusuf Tursunov nashrga tayyorladi.
Mazkur nashrda 110 ta maktub, asarning tabdili va zamonaviy o‘zbek tilidagi izohli matni o‘rin olgan.
Olim Yusuf Tursunov asarning qo’lyozma nusxalarini o’rganganda ular tarkibidagi maktublar miqdoriga ko’ra o’zaro tafovutga ega ekani ma’lum bo’ldi.
Chunonchi, hijriy 1004-1007, milodiy 1595/96-1598/99-yillarda Eron Ozarboyjonining Qizilog’och shahrida ko’chirilgan “Munshaot” qo’lyozmasi (bu qo’lyozma Sankt-Peterburgdagi Davlat xalq kutubxonasida 558-tartib raqam bilan saqlanadi) tarkibida oltmish maktub, ,oshqa ko’pgina nusxalarda to’qson atrofida, umrining so’nggi yillarida Navoiyning o’zi tomonidan tuzilgan “Munshaot”dagi “Munshaot” da esa 104 maktub mavjud.