#Monitoring





  


Fanlar akademiyasining 2024-yil 25-sentyabrdagi 21-97-sonli “Fanlar akademiyasi tizimida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli  “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida Nizom” talablarining amaldagi ijrosini nazoratga olish maqsadida 2024-yilning 02-oktyabridan Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda tahsil olayotgan doktorantlar va tayanch doktorantlar faoliyati monitoringini oʻtkazish boshlandi. 
Monitoring jarayonida Ishchi guruh hamda ilmiy rahbarlar ishtirokida 775 nafar tayanch doktorant (PhD), 85 nafar doktorantlar (DSc) bilan tasdiqlangan shaxsiy ish rejalarining bajarilishi,  ilmiy faoliyatda mavjud boʻlgan muammo va takliflar toʻgʻrisida suhbatlar oʻtkazilmoqda hamda tegishli tavsiyalar berilmoqda. 
Doktorantlar faoliyati monitoringini oʻtkazish 2024-yilning 2-oktyabridan 18-oktyabrigacha davom etadi.
  -Fizika-matematika va texnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha: 02.10.2024 y. – 04.10.2024 y.
  -Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha: 07.10.2024 y. – 10.10.2024y.
  -Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha: 11.10.2024 y. – 15.10.2024 y.
  -Mintaqaviy boʻlimlar: 16.10.2024 y. – 18.10.2024 y.