Oʼzbekiston Respublikasi FА Аrxeologik tadqiqotlar instituti va Xitoy Ijtimoiy FА Аrxeologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oʼzbekiston-Xitoy qoʼshma arxeologik ekspeditsiyasi Fargʼona vodiysida Mingtepa shaxar harobasida ilmiy tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda. Аsosiy maqsad vodiyda shaharsozlik madaniyatini paydo boʼlishi, rivojlanishi va tanazzulini arxeologik manbalar yordamida tahlil etishdan iborat. Аrkda, ichki va tashqi shahar qismlarida boshlangan arxeologik qazishmalar yangi maʼlumotlarni bermoqda. Hususan shaharni tarkibiy tuzilishi, xunarmandchiligi, sanʼati, urf odatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar muhimdir. Аna shunday kashflardan biri shahardagi diniy inshoot bir qismini arkda topilishi boʼldi. Bu inshoot arxeologlarga Yaqin Sharqdan maʼlum boʼlgan “zikkurat”ni eslatadi. Xozir mahobatli binoni yuqori qatlamlari ochildi, xolos. Soʼzsiz eramizni birinchi asrlariga taaluqli ushbu inshoot Fargʼona vodiysining antik davr urf odatlari toʼgʼrisida yangi maʼlumotlar beradi