OʼzR FА Mikrobiologiya institutida joriy yilning 26-noyabr kuni 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (soat 10:00 da) hamda 03.00.12–Biotexnologiya (soat 14:00 da) ixtisosliklari boʼyicha “Mutaxassislik” fani malakaviy imtihoni boʼlib oʼtadi. Shu munosabat bilan talabgorlar 25-noyabr kuniga qadar kerakli hujjatlar toʼplamini Institut ilmiy kotibiga taqdim etishlarini soʼraymiz.
Kerakli hujjatlar:
- ariza (shu yerda yoziladi);
-pasport nusxasi;
-ma’lumotnoma-obyektivka;
-talabgorning mavzusi tasdiqlanganligi toʼgʼrisida Ilmiy kengash bayonnomasidan koʼchirma;
-inliz tili fanini topshirganligi toʼgʼirisidaguvohnoma;
-nashr etilgan ilmiy ishlar ruyxati (3.4-shakl) va nusxasi.
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Аbdulla Qodiriy koʼchasi 7-b uy.
Murojaat uchun telefon: 71 241 71 29.