Matematika sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorga bagʼishlangan brifing oʼtkaziladi

Joriy yil 8-iyul kuni soat 15:00da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4709-sonli qaroriga bagʼishlangan brifing oʼtkaziladi.