Islom sivilizatsiyasi markazida "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy, ma'rifiy meros va umumiy kelajak" nomli xalqaro kongress doirasida "MARKAZIY OSIYONING TARIXIY VA MADANIY MEROSI: YAGONA O'TMISH - UMUMIY KELAJAK" nomli II Forumi o‘tkazildi.


.jpg)
Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Fanlar akademiyalari rahbarlari, yetakchi olimlar, soha mutaxassislari va yosh olimlar ishtirok etdi.
Forum ishi 2 ta sho'bada olib borildi:
Markaziy Osiyo moddiy madaniyati va ma'naviy merosi;
Markaziy Osiyo tarixi: o'tmishdan zamonaviylik sari.
Unda arxeologiya, manbashunoslik, elshunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik kabi yo'nalishlarda so'nggi ilmiy natijalar muhokama qilindi.
Forum Markaziy Osiyo xalqlarining birlashtiruvchi tarixiy ildizlari, madaniy aloqalari hamda kelajakda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.