Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan “Markaziy Osiyo tarixi rasmiy hujjatlarda” nomli to’plam nashr etildi. Mazkur toʼplam bajarilgan “Oʼzbekistonning oʼrta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII – XIX asr birinchi yarmi)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etildi.
Toʼplamda taqdim etilgan maqolalarda ilk oʼrta asrlarga doir soʼgʼd hujjatlaridan tortib, soʼnggi oʼrta asrlarda oʼzbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-harbiy holati hamda diplomatik aloqalari, hujjat yuritish masalalari, shuningdek, XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Turkistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy oʼzgarishlarga doir arxiv hujjatlari tahlil etilib, qimmatli maʼlumotlar keltirilgan.