Joriy yilning 21-sentabridan 2-oktabriga qadar OʻzR FA Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida "Markaziy Osiyo muzeylari konservatorlari" nomli seminar treningi boʻlib oʻtadi. Seminar treningni Chikago Universitetining Sharq instituti (AQSH) olimlari olib boradi. Seminar-treningga Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridan, shuningdek mamlakatimiz muzeylaridan restavratorlar taklif qilingan.
20-sentyabr kuni ushbu seminar trening ochilish marosimiga AQSH ning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniel Rozenblyum qatnashdilar.